Pokistonda musson yomg‘irlari ortidan 72 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Pokiston bo‘ylab musson yomg‘irlari keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida 72 kishi halok bo‘ldi, 130 dan ortiq kishi tan jarohati oldi. Kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Bu haqda Pokiston Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, “Geo News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, eng ko‘p yog‘ingarchilik Xayber-Paxtunxva, Sharqiy Panjob, Sind va Balujiston viloyatlarida kuzatilmoqda. Kuchli toshqinlar oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 130 dan ortiq odam jarohatlangan.

“Musson yomg‘irlari davomida kamida 161 ta uyga zarar yetdi, 91 bosh chorva halok bo‘ldi. Shu davr mobaynida favqulodda vaziyatlarga javob beruvchi xizmatlar tomonidan 19 ta qutqaruv amaliyoti o‘tkazilib, 233 kishi qutqarildi. Shuningdek, zarar ko‘rgan fuqarolarga zaruriy buyumlar tarqatildi”, deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bayonotida yomg‘irlar kuchayishi mumkinligi aytilib, mahalliy hokimiyatlarga doimo yuqori ogohlik holatida bo‘lish tavsiya etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda har yili iyuldan sentyabrgacha davom etuvchi musson mavsumi yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi va katta moddiy zarar keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtatida sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinlari oqibatida so‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra kamida 80 kishi, jumladan 28 nafar bola halok bo‘lgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston musson yomg'irlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing