Pokistonda Qur’onni tahqirlashda gumon qilingan odam yoqib o‘ldirildi
Olam
−
21 iyun
11408Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida istiqomat qiluvchi olomon Qur’oni Karimni tahqirlashda gumon qilingan odamni o‘ldirdi. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga tayanib “Pakistan Today” gazetasi xabar berdi.
Keltirilishicha, hodisa kecha, 20 iyun kuni kechqurun mamlakatning Xayber-Paxtunxva provinsiyasi Svat tumanida sodir bo‘lgan. Yuzlab odamlar kufrda gumon qilingan erkak saqlanayotgan politsiya bo‘limiga bostirib kirgan. So‘ngra olomon erkakni politsiyadan qaytarib olib, uni yoqib yuborgan. Tartibsizliklar vaqtida 11 kishi jarohatlangan va ular shifoxonaga olib ketilgan. Politsiya ushbu tartibsizlik xorijliklarning fitnasi oqibatida yuzaga kelgani va ular Hindiston razvedka idoralari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini aytgan.
Gazetaga ko‘ra, Pokiston hukumati tartibni tiklash uchun hududga maxsus bo‘linmani joylashtirgan. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Ma’lumot uchun, Pokistonda 1987 yildan 2022 yilgacha kamida 2120 kishiga xuddi shunday holatda o‘lim jazosi berilgan. Biroq, shu paytgacha kufr uchun o‘lim jazosining birorta ham hukmi bajarilmagan. Mamlakatda Qur’onni tahqirlagan 89 kishi samosud qilib o‘ldirilgan. 2023 yil avgust oyida Panjob viloyatining Faysalobod shahrida 20 dan ortiq nasroniy cherkovining kufrlikda gumon qilingan a’zolari ham yoqib yuborilgan.
LiveBarchasi