Pokistonda qonli terakt bo‘ldi
Olam
−
22 noyabr
6356Kecha, 21 noyabr kuni Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida joylashgan Kurram tumanida ichida yo‘lovchisi bo‘lgan transport vositalariga qurolli hujum amalga oshirilgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujumda kamida 42 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgan.
Mahalliy politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, kamida 10 nafar jabrlanuvchi shifoxonada og‘ir ahvolda.
“Hujumda 42 kishi halok bo‘ldi. Hozir jinoyatni kim amalga oshirganini aniqlash uchun tergov olib borilmoqda”, degan viloyat vaziri Aftab Alam.
Ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi hujumni “qonli terakt” deb atagan. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Prezident Asif Ali Zardoriy hujumni qoralab, bu jinoyatni amalga oshirganlarni jazolanishi kerakligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 9 noyabr kuni Pokistonning Balujiston viloyati Kvetta shahridagi temiryo‘l vokzalida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan va 30 kishi yaralangani haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev