Pokistonda ikkita avtobus jarlikka quladi. 34 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
26 avgust
2385Kecha, 25 avgust kuni Pokistonda ikkita avtobus jarlikka quladi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, birinchi baxtsiz hodisa Pokiston shimoli-sharqidagi Azad Pattan shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Avtobus ag‘darilib, jarlikka qulagan. Qutqaruv voizi Faruk Ahmadning aytishicha, 22 kishi, jumladan 15 erkak, 6 ayol va 1 bola halok bo‘lgan.
Ikkinchi voqea Balujistondagi Makran qirg‘oq shossesida sodir bo‘lgan. 25 kishini olib ketayotgan bu avtobus ham jarlikka qulagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi tezlikni belgilangan me’yordan oshirib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda 12 kishi halok bo‘lgan.
Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Eronga yo‘l olgan ziyoratchilar ham bor. Ammo ularga hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli chegaradan o‘tishga ruxsat berilmagan va uyga qaytayotgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Pokistondan Eronga yo‘l olgan ziyoratchilar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi