Pokistonda avtobus jarlikka tushib ketdi. 28 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Pokistonda avtobus halokatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda “The Daily Pakistan” gazetasi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, avtobus Gvadardan Kvettaga ketayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sayohat vaqtida shinalardan biri yorilib ketganidan so‘ng haydovchi avtobus boshqaruvini yo‘qotgan. Avtobus katta tezlikda yo‘ldan chiqib, jarlikka qulagan. 

Mahalliy OAV avtobus qoldiqlari qoyaning tubida aks etgan suratlarni chop etdi. Politsiya avtobus haydovchisi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Hozirda voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ayrimlari allaqachon aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni Turkiya janubi-sharqida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan, oqibatda 11 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat avtobus Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing