Pokistonda avtobus jarlikka qulashi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
03 iyul 1778 1 daqiqa
Pokistonda yo‘lovchi tashuvchi avtobusning jarlikka qulashi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi jarohatlandi. Bu haqda “Samaa TV” xabar berdi.
Qayd etiyolishicha, Pokistonda yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Transport vositasi chuqur jarlikka qulab ketgan, buning oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.
“Yo‘lovchi avtobusi halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi. Kamida sakkiz nafar jarohatlangan shaxs allaqachon shifoxonalarga yetkazilgan”, deyiladi xabarda.
Telekanalning ma’lum qilishicha, fojia Balujiston va Xayber-Paxtunxva provinsiyalari chegarasi yaqinidagi Dhana Sar tog‘li hududida yuz bergan.
Avtobus jarlikka qulaganidan so‘ng, voqea joyiga favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yetib borgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, qutqaruvchilar esa qidiruv-qutqaruv amaliyotini davom ettirmoqda.
“Qutqaruvchilar odamlarni jarlikdan olib chiqishda davom etmoqdalar”, deyiladi xabarda.
Hodisa sabablariga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Afrikaning G‘arbiy Keyp provinsiyasida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgandi, yana 20 nafari jarohatlangan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust