Pokiston Oliy sudi Imron Xonning hibsga olinishini noqonuniy deb topdi

Olam

image

Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazir Imron Xonning hibsga olinishini noqonuniy deb topdi. Bu haqda mahalliy “Geo TV” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Pokiston Oliy sudi Imron Xonning hibsga olinishini noqonuniy hisoblab, siyosatchini zudlik bilan ozod qilish bo‘yicha qaror chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon shu yilnig 9 may kuni mamlakat poytaxti Islomobodda hibsga olingan edi. Korrupsiyada ayblanayotgan sobiq bosh vazir sudga qatnashish uchun borganida qamoqqa olingan. Xonning hibsga olinishi fonida o‘sha kunning o‘zida Pokistonning muxolif “Adolat harakati” partiyasi tarafdorlari va faollari mamlakatning yirik shaharlarida norozilik namoyishlarini boshlab yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston hibs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing