Pokiston masjidga hujum qilishda gumon qilingan 23 kishini hibsga oldi – OAV
Olam
−
02 fevral 2023
4083Pokiston hukumati Peshovar shahridagi masjidda yuz bergan va 100 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktga aloqador bir necha kishini hibsga oldi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri хабар berdi.
Peshovar politsiyasi boshlig‘i Ijaz Xonning aytishicha, bir necha gumondor hibsga olingan va politsiya ularga masjid binosiga kirish uchun ichki yordam olgani ehtimolini tekshirmoqda.
“Biz dalillar topdik va shu asosda hibsga oldik. Biz ichki yordam bo‘lishi mumkinligini inkor eta olmaymiz, biroq tergov hali ham davom etayotgani bois, batafsil ma’lumot bera olmayman”, deydi Ijaz Xon.
“Agence France-Presse” ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya hujumga aloqadorlikda ayblab 23 kishini hibsga olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Masjidga kirgan terrorchi o‘zini portlatib yubordi.
LiveBarchasi