Pokistonda töğon tösiği qulab, yonidagi quriliş maydonini suv bosdi (video)
Olam
−
08:51 1737 2 daqiqa
Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Tarbela töğoni himoya tösiği qulab, uning yonidagi quriliş maydonini suv bosdi. Oqibatda katta miqdordagi suv hududda qurilayotgan tunnel va elektr stansiyasi binosiga oqib kirdi. Hodisadan söng favqulodda holat e’lon qilinib, barça işçilar xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat Suv va energetikani rivojlantiriş boşqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 9 noyabr kuni Tarbela töğonining beşinçi kengaytiriş loyihasi (T-5) doirasida qaziş işlari olib borilayotgan vaqtda yuz bergan. Suv va energetikani rivojlantiriş boşqarmasi ma’lumotiga köra, tunnel qaziş jarayonida toğ jinslarining zaif qatlami qulab tuşgan.
Voqeadan söng quriliş işlari töxtatilgan. Işçilar zudlik bilan xavfsiz hududga olib çiqilgan. Suv va energetikani rivojlantiriş boşqarmasi suv töliq çiqarib yuborilganini va quyi oqimdagi quriliş maydonlariga suv kirişi töxtaganini bildirgan. Elektr stansiyasi binosidagi suvni çiqariş işlari ham boşlangan.
Haripur tumani komissari örinbosari Vasim Ahmad loyiha mas’ullariga tayanib, tunnel, elektr stansiyasi binosi va boşqa inşootlarga zarar yetgan-yetmaganini aniqlaş işlari olib borilayotganini aytgan.
Mahalliy ma’muriyat vakilining aytişiça, hozirça Tarbela töğonidan quyi hududlarda suv toşqini xavfi yöq. Biroq Svobi tumani komissari örinbosari Nasrulloh Xon töğondan qöşimça suv çiqarilganini va bu Hind daryosidagi suv oqimi hamda sathining kötarilişiga olib kelişi mumkinligini bildirgan. U aholini daryoda çömilmaslik, suzmaslik va qayiqda sayr qilmaslikka çaqirgan.
Live
Barchasi