Pokiston Imron Xonning qamoqqa olinishini mamlakatning ichki ishi deb atadi
Olam
−
02 iyul
4029Pokiston Adliya vaziri A’zam Nazir Tarar sobiq bosh vazir, “Adolat uchun Harakat” partiyasi asoschisi Imron Xonga nisbatan turli qonun buzilishlarida ayblovlar qo‘yilishi va siyosatchining qamoqqa olinishini “respublikaning ichki ishi” deb atadi.
"Sobiq hukumat rahbari o‘zining sud hukmi tufayli mahkum sifatida qamoqda, bu Pokistonning ichki ishi", degan vazir Islomoboddagi matbuot anjumanida.
Uning aytishicha, Pokistonda konstitutsiya va amaldagi qonunlar sudlar tomonidan ijro etiladi. Imron Xonning o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni oqlashi mamlakatda adolatli sud tizimi mavjudligini tasdiqlaydi, dedi vazir.
"Konstitutsiya, qonun va xalqaro tamoyillardan tashqariga chiqadigan har qanday harakat Pokistonda kamsitish, xolis va adolatga zid deb hisoblanadi", deb ta’kidladi Tarar.
Ma’lumot uchun, Imron Xon shu yil boshida sudlar tomonidan chiqarilgan ikkita ayblovdan keyin qamoq jazosini o‘tamoqda. Yanvar oyida siyosatchi davlat sirlari haqidagi qonunni buzganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, fevral oyida Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibi noqonuniy nikohga kirganliklari uchun yetti yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Xon 2018 yildan 2022 yilgacha Pokiston Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan. Sobiq hukumat rahbari 2022 yil 10 aprelda unga nisbatan berilgan ishonchsizlik votumi natijasida lavozimidan chetlashtirildi.
Xonga nisbatan davlat sirlarini buzganlikda gumon qilinib, tergov u 2022 yil 27 mart kuni Pokistonning Vashingtondagi elchisidan shifrlangan telegramma olganini ochiq e’lon qilganidan so‘ng boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Imron Xonni ozod qilishni talab qilgandi.
LiveBarchasi