Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab aviazarbalar berdi

Olam

image

Bugun, 13 mart kuni Pokiston harbiy aviatsiyasi Qandahordagi Afg‘oniston aeroporti yaqinida joylashgan “Kam Air” kompaniyasining yonilg‘i omborlariga hujum qildi. Bu haqda “Pashto” radiosi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Kam Air” kompaniyasi fuqarolik aviakompaniyalari va BMT samolyotlarini yonilg‘i bilan ta’minlaydi. Shuningdek, hujumlar Qobul shahridagi ob’ektlarga, Qandahor, Paktiyo va Paktika viloyatlariga ham qaratilgan.

“Tolibon” vakili Zabihullo Mujohidning bildirishicha, ushbu bombardimonlar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil oktyabr oyida imzolangan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, joriy yil fevral oyi oxirida Afg‘oniston va Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. 24 fevral kuni Pokiston Afg‘onistonning Nangarhor va Paktika provinsiyalariga havo zarbalari berganini, oqibatda pokistonlik toliblarning boshpanalari yo‘q qilinib, kamida 80 nafar jangari o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Qobul esa qo‘shni davlatni diniy maktablar va turarjoy binolariga havo hujumi uyushtirganlikda aybladi. Buning oqibatida o‘nlab odamlar, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan va jarohatlangan. Ikki kundan so‘ng “Tolibon” Pokistonga qarshi harbiy operatsiya boshladi, Islomobod esa bunga javoban “Tolibon” hukumatiga “ochiq urush” e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston aviazarba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing