Pokiston ham Xoniyaning o‘limi munosabati bilan motam tutdi

Olam

image

Pokistonda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘limi munosabati bilan bugun, 2 avgustda bir kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda “Daily Pakistan” xabar berdi

Qayd etilishicha, butun mamlakatdagi masjidlarda juma namozidan so‘ng, Xoniya uchun ramziy dafn marosimi musulmon urf-odatlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Milliy motam kunini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bir kun avval Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va hukmron koalitsiyaga kiruvchi partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari rahbarlarining uchrashuvida qabul qilingan.

“Pokiston Isroilning Falastindagi genotsidi paytida Xoniyaning o‘ldirilishini qoralaydi. Xalqaro hamjamiyatning Isroilning Falastinda davom etayotgan vahshiyligiga sukut saqlashi jiddiy tashvish uyg‘otmoqda”, degan Vazirlar Mahkamasi rahbari yig‘ilishda.

Ma’lumot uchun,  31 iyul kuni HAMAS siyosiy idorasi rahbari Xoniya va uning qo‘riqchilaridan biri Tehrondagi qarorgohga qilingan hujumdan so‘ng halok bo‘ldi. Kecha, 1 avgust kuni Eron Islom Respublikasi oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Tehron universitetida Ismoil Xoniya uchun janoza namozini ado etdi.  Xoniya bugun, 2 avgust kuni Dohaga dafn etiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyada ham Xoniyaning o‘limi munosabati bilan bir kunlik motam e’lon qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston HAMAS Ismoil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing