Pogbaning yangi shartnomasi haqidagi xabarlar rad etildi

Sport

image

Bugun, 8 yanvar kuni “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba vakili klubning futbolchi bilan shartnomani uzaytirish taklifi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga oydinlik kiritmoqchimiz. Pol so‘nggi oylarda shartnomani uzaytirish bo‘yicha hech qanday taklifga ega emas edi. U hozir bor e’tiborini jarohatidan tezroq tuzalib, jamoaga yordam berishga qaratgan”, deydi Pogbaning rasmiy vakili.

Avvalroq, “Qizil iblislar” yangi shartnoma shartlariga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachiga haftasiga 500 ming funt maosh to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yil yozda Pogba va MYU o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati tugaydi. Futbolchi klub bilan hamkorlikni davom ettirishga rozi bo‘lmasa, erkin agentga aylanadi.


 


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Pogba

Baholaganlar

11

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing