Pogba kelajagi borasida bir qarorga keldi
Sport
−
07 Oktabr
5402Yarim himoyachi Pol Pogba “Yuventus”ni tark etmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bugun, 7 oktyabr kuni tomonlar hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. 31 yoshli futbolchi erkin agentga aylanishni istamoqda.
Lozannadagi Sport arbitraj sudi Pogbani doping-testdan o‘ta olmagani uchun to‘rt yillik diskvalifikatsiyasini 18 oygacha qisqartirdi. Shunday qilib, Pol 2025 yilning yanvarida mashg‘ulotlarga qaytish huquqiga ega va mart oyidan boshlab o‘ynay oladi. Uning jarimasi ham bekor qilindi.
Pogbaning “Yuventus” bilan shartnomasi bor, unga ko‘ra u minimal maosh oladi (oyiga 2 ming yevro). Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.