Pogba 4 yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Sport
−
12 Sentabr 2023
2829“Yuventus” klubining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba Italiya A Seriyasining 1-tur o‘yinidan so‘ng topshirgan doping-testi ijobiy natija ko‘rsatdi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023/2024 yilgi Italiya chempionatining 1-turida “Yuventus” “Udineze”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Turin klubi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Pogba butun o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
O‘sha kuni 30 yoshli yarim himoyachi testosteron uchun topshirgan doping-testi ijobiy natija bergan. Bu esa terapevtik istisnosiz qabul qilinmaydigan modda hisoblanadi. Shu bois, futbolchi 4 yilga futboldan chetlashtirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pol Pogba joriy mavsumda 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi o‘tgan mavsumning katta qismini jarohati sababli o‘tkazib yuborgan edi.