“Plimut”ga qarshi o‘yindan keyin “Siti” futbolchisi pivo barda ko‘rinish berdi (video)

Sport

image

1 mart kuni bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti”ning “Plimut” ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng, jamoa a’zosi Jek Grilish Manchester shahrining “North Biddick Social” klubida ko‘rinish berdi.

29 yoshli Grilish “Plimut”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. “Siti” tarkibida Grilish alkogol mahsulotlar, ayniqsa pivo ichishga ruju qo‘ygani bilan yaxshigina tanilgan.

 

“Plimut”ga qarshi o‘yindan keyin Grilishning “North Biddick Social” bariga borishi klubdagilarni hayratda qoldirgan, chunki mazkur pab o‘zining arzon narxdagi ichimliklari bilan nom qozongan.

Ma’lumot uchun, Jek Grilish joriy mavsum shaharliklar safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” tomonidan 45 million yevroga baholangan futbolchining “Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Jek Grilish Plimut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing