Piskentda qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi
3-sahifa
−
24 fevral
1739Toshkent viloyatida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish oqibatida tabiatga 3,5 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari tomonidan Piskent tumanida navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Reyd davomida Piskent tumani hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosining eski o‘zanida qum-shag‘al aralashmalari yuklagich yordamida qazilib, HOWO rusumli yuk transport vositasiga yuklab berilayotganligi aniqlangan.
Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 3 milliard 696 million 204 ming 960 so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda. Shuningdek, avtotransport vositalari Piskent tumanida joylashgan jarima maydoniga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning avgust oyida Toshkent viloyatida noqonuniy qum-shag‘al qazilishi oqibatida tabiatga 87 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


