Piskentda do‘kon yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 22 iyun kuni Toshkent viloyatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 09:35 da Toshkent viloyati FVBBga Piskent tumani, “Oybek” MFYda joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 09:45 da yetib borgan, yong‘in soat 09:48 da qurshab olingan va soat 10:14 da to‘liq o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘indan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yog‘och omborida katta yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing