Chirchiq daryosi o‘zanini “kemirganlar” 1,9 trln so‘mlik zarar yetkazdi

3-sahifa

image

Chirchiq daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda 1,9 trillion so‘mlik qum-shag‘al qazib olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.I.” MCHJ mas’ul shaxslari tomonidan Chirchiq daryosi o‘zanidan ruxsatnomasiz qum-shag‘al qazib olingani aniqlangan.

Qayd etilishicha, MCHJ mas’ullari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘zanidan maxsus texnikalar yordamida tegishli ruxsatnoma olmasdan 101,2 ming kub metr noruda foydali qazilma hisoblangan qum-shag‘al xomashyosini qazib olgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trillion so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) hamda 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatidagi qumni qayta ishlash sexida qariyb 920 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing