Piskent tumani to‘rtligi ishdan ketishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Ayni paytda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tuman hokimi Shuhrat Axmedov, prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Ayni vaqtda kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov ma’ruza qilmoqda.

Viloyat hokimi o‘z so‘zida keyingi vaqtlarda Piskent tumanini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, shuning barobarida, amalga oshirilgan bir qator loyihalar bo‘yicha fikr bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Piskent tumani

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing