Piskentga yangi “to‘rtlik” tayinlandi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2020
10872Avvalroq, Piskent tumani to‘rtligi – tuman hokimi, prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdagi sessiyasida tumanning yangi “to‘rtligi” tayinlandi. Unga ko‘ra:
Rahimjon Mirqodirovich Rixsiyev - Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan);
Alisher Ashuraliyevich Jo‘rayev - tuman prokurori (1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan);
Shuhrat Akmalovich Miliyev - tuman IIB boshlig‘i (1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan);
Jasur Ravshanovich Sayfiyev - DSI boshlig‘i lavozimiga tayinlandi (1984 yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan).
LiveBarchasi