Piar kompaniyalarga berilayotgan pullar ochiqlanishi kerak – Akmal Burxonov
Jamiyat
−
28 yanvar 2023
8050Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov davlat tashkilotlarining piar kompaniyalari haqida gapirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida yozib qoldirgan.
“Davlat idoralari va tashkilotlari, shu jumladan, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar o‘zlarining piar kampaniyasi uchun sarflayotgan mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning huquqiy asosi va manbasini jamoatchilikka ochiqlashi zarur”, degan Burxonov.
Ma’lumot uchun, piar kompaniyalari bu rasmiy nom bilan aytganda targ‘ibot guruhlari bo‘lib, odatda davlat tashkiloti va idoralarining jamiyat orasidagi mavqe’ini oshirishga, uning qilayotgan ishlarini odamlar orasida targ‘ib qilishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin QALAMPIR.UZ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining amaldorlar daromadlari va mol-mulk deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun paysalga solinayotgani haqida video elon qilgan edi. Ko‘p o‘tmay agentlik bu borada ishlar amalga oshirilayotganini aytib, munosabat bildirgan edi.
LiveBarchasi