2022 yilda tibbiyot xodimlari 800 dan ortiq korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan – Akmal Burxonov
Jamiyat
−
25 yanvar 2023
62132022 yil davomida Sog‘liqni saqlash sohasida 793 nafar xodim tomonidan jami 805 ta korrupsiyaviy holatlarda jinoyatga qo‘l urilgan. Bu haqda bugun, 25 yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov agentlik va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan muloqot davomida ma’lum qildi.
Korrupsiyaviy holatlarning 320 tasi ishga qabul qilish bilan bog‘liqligi qayd etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil davomida soha xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning asosiy qismi xodimlarning ish haqlarini o‘zlashtirish, ishga kiritish yoki ish soatini ko‘paytirish, davlat xaridlari, tibbiyot muassasalariga tegishli mol-mulklar va byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish, tibbiy muolajalar uchun pora olish kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Bular orasida, tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash hamda ularga ish haqini hisoblash bilan bog‘liq korrupsion jinoyat sodir etgan shaxslar soni sog‘liqni saqlash tizimdagi jami jinoyatga qo‘l urgan shaxslarning deyarli 50 foizini tashkil etmoqda.
Tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, korrupsiyaviy jinoyatlarga qo‘l urayotgan shaxslarning aksariyati shifokor yoki boshqa tibbiyot xodimlari emas, balki rahbar va ma’muriy boshqaruv xodimlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, agentlik, vazirlik, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda ma’muriy boshqaruvchi xodimlarning malakasini muntazam oshirib borish, tizimda ishga qabul qilishning ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish masalasini muhokama qildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr