Korrupsiya uçun sudlangan şaxslarga çeklovlar joriy etiladi

O‘zbekiston

−

visibility690 timer3 daqiqa

image

Özbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan şaxslarning elektron reyestrini yuritiş tartibi belgilanmoqda. Uşbu reyestrga kiritilgan şaxslarga nisbatan davlat xizmati, davlat xaridlari va ayrim rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritiş böyiça çeklovlar qöllaniladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslarning elektron reyestri töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi loyihada keltirilgan. 

Nizom loyihasiga köra, şaxsni korrupsiyaga oid jinoyat(lar) sodir etganlikda aybdor deb topiş töğrisidagi sudning qonuniy kuçga kirgan ayblov hukmi (ajrimi) uni elektron reyestrga kiritiş uçun asos hisoblanadi.

Korrupsiyaga oid jinoyat(lar)ni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxs haqidagi ma’lumotlar Içki işlar vazirligi tomonidan sudning ayblov hukmi (ajrimi) qonuniy kuçga kirgan paytdan e’tiboran 3 iş kuni içida elektron reyestrga kiritiladi.

Elektron reyestr Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda dasturiy kompleksda yuritiladi. Unda şaxs töğrisidagi ma’lumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.

  • Reyestrga kiritilgan şaxslarga nisbatan quyidagi çeklovlar qöllaniladi:
  • davlat xizmatiga kiriş va davlat mukofotlari bilan taqdirlaniş;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodini körsatiş;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi böliş;
  • özi ta’sis etgan va ustav fondidagi uluşining 50 foizidan köproq qismiga özi egalik qiladigan tadbirkorlik sub’ektlarining davlat xaridlarida va davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimlarda iştirokçi sifatida qatnaşiş;
  • davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritiş.

Çeklov qöllangani, uning sababi va huquqiy asosi sohaviy axborot tizimida avtomatik ravişda qayd etiladi.

Şaxs elektron reyestrga kiritilganidan keyin unga nisbatan qonunçilikda belgilangan çeklovlarga rioya qilinmayotgani aniqlanganda, mas’ul xodim bu haqda tasdiqlovçi ma’lumotlarni ilova qilgan holda vakolatli sub’ektga darhol xabar beradi.

Vakolatli sub’ekt taqdim etilgan ma’lumotlarni körib çiqib, tegişli çeklov tatbiq etilişi tasdiqlangan taqdirda, qonunçilikda belgilangan asoslar va tartibda çeklovning xususiyatidan kelib çiqib, şaxsning çeklovga zid faoliyati yoki iştirokini bartaraf etiş çoralarini köradi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxs haqida elektron reyestrdan ma’lumot oliş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:

  • sohaviy axborot tizimlarida — qonunçilikda belgilangan çeklovlarni avtomatik ravişda qöllaşni ta’minlaş maqsadida şaxsning elektron reyestrda mavjud yoki mavjud emasligi töğrisidagi ma’lumotlar idoralararo elektron axborot almaşinuvi orqali;
  • davlat organlari va taşkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari, bunday tuzilmalar mavjud bölmaganda esa tegişli tarkibiy bölinmalarning mas’ul xodimlari tomonidan — öz xizmat vakolatlari doirasida qonunçilikda belgilangan çeklovlarni qöllaş va ularga rioya etilişini nazorat qiliş maqsadida şaxsning elektron reyestrda mavjud yoki mavjud emasligi töğrisidagi ma’lumotlar dasturiy kompleks orqali;
  • jismoniy şaxs yoki uning vakili tomonidan — mazkur şaxsning elektron reyestrda mavjud yoki mavjud emasligi töğrisidagi ma’lumotnoma, şuningdek, sörovga köra elektron reyestrda unga oid ma’lumotlardan köçirma Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

Uşbu qaror loyihasi muhokamasi joriy yil 8 dekabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing