6 marta sudlangan fuqaro giyohvandlik o‘simligi bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
08 avgust 2318 1 daqiqa
Toshkent shahri Yashnobod tumanida fuqaroning dala maydonidan 47 tup giyohvandlik vositasiga o‘xshash o‘simlik aniqlandi. Holat bo‘yicha ushlangan fuqaro avval ham besh-olti marta sudlanganini aytdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida M. ismli shaxsning dala maydonida ishlov berib ekib qo‘yilgan 47 tup yashil rangli o‘simlik borligini aniqlagan. O‘simliklar belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Shundan so‘ng, o‘simliklarning qanday modda ekanini aniqlash maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markaziga yuborilgan. Ichki ishlar xodimlarining ta’kidlashicha, o‘simliklar qayta o‘sib chiqmasligi uchun ular ildizi bilan to‘liq olib tashlangan.
Tezkor tadbir davomida fuqarodan ushbu o‘simliklarni nima maqsadda yetishtirgani so‘ralgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘simliklarni sotish niyati bo‘lmagan va ularni o‘z iste’moli uchun yetishtirgan. Shuningdek, fuqaro avval besh-olti marta sudlanganini ma’lum qilgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Yashnobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tomorqasida kannabis giyohvandlik o‘simligini yetishtirgan shaxs aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi