O‘zbekistonda vazirlik mulozimi 6 ming dollar bilan ushlandimi?
Jamiyat
−
06 avgust 6141 1 daqiqa
Bugun, 6 avgust kuni Telegram-kanallarda bir vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi rahbari 6000 AQSH dollari bilan qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
“Bir-biridan mustaqil turli manbalar orqali katta bir vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi rahbari 6000 AQSH dollari bilan qo‘lga olingani haqida xabarlar yetib kelmoqda. Hozircha holat yuzasidan rasmiy axborot berilmagan”, deyiladi Telegram-kanallarda sizdirilgan xabarlarda.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, ushbu xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ular asossiz bo‘lib, o‘z tasdig‘ini topmagan.
“Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilingan axborotlarga tayanishlarini hamda tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi Bosh prokuratura munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti inspektori 3 ming AQSH dollari pora olgan vaqtida qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi