Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi
Jamiyat
−
15 iyul 2020
11971Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha,14 iyul kuni Akmal Eshondadayevich Burhonovni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini imzolagan.
Akmal Burhonov 1981 yilda Namangan viloyatining Namangan shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozir universitet), 2007 yilda Nagoya davlat universitetini tamomlagan.
2014 va 2019 yillarda Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. 2017 yildan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari, 2019 yildan “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Agentlik direktori maqomi bo‘yicha vazirga tenglashtirilgan.
LiveBarchasi