Pezeshkiyon Tramp tahdidiga qaramay AQSH bilan muzokara olib bormoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning kuch ishlatish tahdidiga qaramay, Tehron Vashington bilan muzokaralarni davom ettiradi, ammo tinch yadroviy energiyani rivojlantirish huquqidan hech qachon voz kechmaydi. Bu haqda bugun, 17 may kuni Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat harbiy-dengiz kuchlari rahbariyati bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Bir tomondan Tramp mintaqada tinchlik haqida gapiradi. Boshqa tomondan, u bizga tahdid qilib, misli ko‘rilmagan zo‘ravonlik vositalariga ega ekanini da’vo qilmoqda. Uning qaysi so‘zlariga ishonishimiz kerak? Tinchlik haqidagi so‘zlargami yoki odamlarni o‘ldirish va yo‘q qilish haqidagi so‘zlargami? Biz urushga intilmaymiz, lekin tahdidlardan hech qachon qo‘rqmaymiz. Biz muzokaralar olib boramiz, lekin harbiy, ilmiy va yadroviy sohalardagi yutuqlarimizdan hech qachon voz kechmaymiz.

Tramp avvalroq Eronga yadroviy texnologiya kerak emas, chunki u allaqachon neftga boy, degan fikrni bildirgan edi. Amerika yetakchisi respublika yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun Eronga qarshi “halokatli zarba” berishga tayyorligini ta’kidlab, muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni afzal ko‘rishini ta’kidlagan edi.

AQSH va Eron Ummon vositachi sifatida Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun to‘rt raund muzokara o‘tkazdi. Ulardan birinchisi 12 aprel kuni Ummon poytaxti Maskatda, ikkinchisi 19 aprel kuni Rimda, uchinchi va to‘rtinchisi 26 aprel va yana 11 may kuni Ummon poytaxtida bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda Eron delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Amerika delegatsiyasiga esa Prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff boshchilik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Mas'ud pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing