Pezeshkiyon Moskvaga bordi (video)

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rasmiy tashrif bilan Rossiyaga bordi. Bu haqda Eron Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uni Moskvadagi Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya Energetika vaziri Sergey Sivilev, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va davlat protokoli bo‘limi boshlig‘i Igor Bogdashev hamda boshqa davlat amaldorlari kutib olgan.

Tashrif davomida Putin va Pezeshkiyon 2001 yilda Moskvada imzolangan Rossiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar asoslari va hamkorlik tamoyillari haqidagi amaldagi hujjat o‘rnini bosuvchi har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi kutilmoqda.

Rossiya yetakchisining matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, uchrashuvda siyosatchilar Eron yadro dasturi va Kavkazortidagi vaziyatni muhokama qilishi mumkin. Bundan tashqari, ular Yaqin Sharqdagi, jumladan Falastin-Isroil mojarosi va Suriyadagi vaziyatga e’tibor qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon davlat tashrifi bilan Tojikistonga kelgandi. Dushanbe xalqaro aeroportida uni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning shaxsan o‘zi kutib oldi va yuksak hurmat belgisi sifatida oliy martabali mehmonni mamlakatga ilk tashrifi bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng, Pezeshkiyon Dushanbedagi Ismoil Somoniy haykalini ziyorat qildi.Tashrif davomida unga Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitetining faxriy professori unvoni berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Moskva Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing