Peskov Ukrainadagi urush qancha davom etishini aytdi
Olam
−
12 Sentabr 2022
18076Hozirda Ukraina bilan muzokaralar olib borish istiqbollari yo‘q. Bu haqda bugun, 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qilgan.
“Biz hozircha hech qanday muzokaralar istiqbolini ko‘rmayapmiz va bunday muzokaralar uchun hech qanday shartlar yo‘qligini aytishda davom etamiz”, deydi Peskov.
Kreml Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” dastlab belgilangan barcha maqsadlarga erishilgunga qadar davom etadi.
Peskovdan Kiyevning Rossiyaning Ukrainaning muhim infratuzilmasiga bergan zarbalari haqidagi bayonotiga izoh berish so‘ralgan.
Shuningdek, Kiyevdan Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumi haqidagi xabarlari munosabati bilan Rossiya Federatsiyasida safarbarlik rejalashtirilmoqdami, degan savol ham ko‘tarilgan. Bu ikki mavzu bo‘yicha Peskov shunday deydi:
“Bu ikkala masala ham mening vakolatimga kirmaydi, Mudofaa vazirligi vakolatiga kiradi. Nishonlarga raketa zarbalari faktlari, shuningdek, raketa zarbalari natijalari haqidagi barcha ma’lumotlarni RF Mudofaa vazirligidagi hamkasbim taqdim etadi. Vaziyatning hozirgi holatiga bahoni Mudofaa vazirligi yoki Oliy Bosh qo‘mondonning o‘zi beradi”.
Peskovning ta’kidlashicha, Putin Mudofaa vaziri va boshqa harbiy rahbarlar bilan kechayu-kunduz aloqada bo‘lib turadi, u Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” vaqtida rossiyalik harbiylarning har qanday harakatlaridan xabardor bo‘ladi.
“Albatta, maxsus harbiy operatsiya davomida sodir bo‘layotgan hamma narsa, harbiylarning qilgan har qanday harakatlari Oliy qo‘mondonga ma’lum qilinadi”, deydi u jurnalistlarga davlat rahbari “Ukrainadagi kuchlar va vositalarning qayta to‘planishi” haqidagi savolga javob berar ekan.
Shu bilan birga, Putinning Matbuot kotibi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Moskva Ukraina bilan muzokaralarda faqat Kiyevning butunlay taslim bo‘lishini muhokama qilishga tayyorligi haqidagi bayonotiga izoh bermagan.
“To‘g‘risini aytsam, izoh bermagan bo‘lardim. Tabiiyki, Rossiya maxsus harbiy operatsiya oldidagi barcha maqsadlarni amalga oshirishiga qo‘shilaman”, degan Dmitriy Peskov brifingda.
Avvalroq Medvedev Telegram’da shunday yozgan edi:
“Hozirgi “ultimatumlar” kelajakdagi talablar oldidan bolalar chigalyozdisi. Va u buni biladi: Rossiya shartlariga ko‘ra Kiyev rejimining to‘liq taslim bo‘lishi”.