Peskov Rossiya “Bayraktar” droniga qiziqib qolganiga izoh berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 5 avgust kuni Sochida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida harbiy-texnik hamkorlik mavzusi muhokama qilinadi. Bu haqda RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Moskva turklarning “Bayraktar” dronlariga qiziqish bildirgani haqidagi xabarni izohlab aytib o‘tdi.

“Ikki davlat o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlik doimiy ravishda kun tartibida bo‘lib, o‘zaro hamkorligimiz shunday nozik sohada rivojlanib borayotganining o‘zi, umuman olganda, munosabatlarimizning butun ko‘lami juda yuqori darajada ekanidan dalolat beradi”, degan Peskov.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi so‘nggi muloqotlar chog‘ida turli o‘lchamdagi harbiy-texnik hamkorlik mavzusi ko‘rib chiqilgan.

“Qoida tariqasida, deyarli har bir uchrashuvda turli jihatlar muhokama qilinadi. Shuning uchun ha, Sochida harbiy-texnik hamkorlik mavzusi muhokama qilinadi”, degan Peskov.

Avvalroq Erdo‘g‘an Putin shaxsan o‘zi “Baykar Makina” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan “Bayraktar TB-2” droniga qiziqish bildirganini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5 avgust kuni Erdo‘g‘an Sochiga boradi. Kurort shaharda u Vladimir Putin bilan uchrashadi. 

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Turkiyaning "Baykar Makina" kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayroqdor hech qachon Rossiyaga o‘zining jangovar dronlarini yetkazib bermagani va bundan keyin ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

286

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing