AQSH razvedka idoralari Putinni Navalniyning o‘limiga aloqador emas deb hisoblaydi – WSJ

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni o‘ldirishga buyruq bermagan. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalariga tayanib, xabar berdi.

WSJ yozganidek, Markaziy razvedka boshqarmasi, AQSH Milliy razvedka direktori idorasi va Davlat departamentining razvedka bo‘limi shunday xulosaga kelgan.

Nashr manbalariga ko‘ra, Amerika razvedka agentliklarining bahosi ham maxfiy razvedka ma’lumotlariga, ham ommaga ma’lum bo‘lgan faktlar, jumladan Aleksey Navalniyning o‘limi vaqti va Vladimir Putinning saylovoldi kampaniyasi oqibatlari tahliliga asoslanadi. Bunda Amerika razvedka idoralari o‘z xulosalarini yevropalik hamkasblariga ma’lum qilgan.

Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, ayrim Yevropa davlatlari bu ma’lumotga shubha bilan qaragan.

Aleksey Navalniyning ittifoqchisi Leonid Volkov Amerika razvedka xizmatlari versiyasini aql bovar qilmaydigan deb hisobladi.

WSJ'ning maqolasida ta’kidlanishicha, 2024 yil 9 fevralda – Aleksey Navalniyning o‘limidan bir hafta oldin – Germaniya kansleri Olaf Shols va AQSH Prezidenti Jo Bayden mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilgan.

Muzokaralar natijasida tomonlar Vadim Krasikovni Aleksey Navalniyga almashtirish masalasini muhokama qilishga kelishib olgan. 

“Potensial almashinuv haqidagi ma’lumot Vladimir Putinga vositachilar tomonidan yetkazilishi kerak edi”, deyiladi xabarda.

18 mart kuni Vladimir Putin Aleksey Navalniyning o‘limidan bir necha kun oldin “ba’zi hamkasblari” unga muxolifatchini G‘arb mamlakatlaridagi mahbuslar bilan almashishi mumkinligi haqida ma’lumot berganini tasdiqlagan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Navalniy Rossiyaga qaytmaslik sharti bilan almashinuvga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy joriy yilning 16 fevral kuni Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘idagi “Qutb bo‘risi” maxsus rejimli koloniyasida noaniq sharoitda vafot etdi. O‘lim hisobotida siyosatchi tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgani aytiladi. Muxolifatchi tarafdorlari uning o‘ldirilganiga ishonadi.

Muxolifatchi 1 mart kuni Moskvadagi Borisov qabristoniga dafn etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksey Naval'niy AQSh razvedka idoralari \

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing