Erdo‘g‘anning AQSHga tashrifi qoldirildi
Olam
−
27 aprel 2024 8002 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning AQSHga tashrifi qoldirildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an joriy yilning 9 may kuni AQSHga tashrif buyurishi kerak edi.
“Qo‘shma Shtatlar Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tashrifini kutmoqda, biroq tomonlar shu kungacha bunday safar vaqti bo‘yicha kelisha olishmadi”, deydi Oq uy matbuot kotibi.
Bunga sabab qilib jadvallardagi nomuvofiqliklar keltirilgan va uchrashuv har ikki tomon uchun qulayroq sanaga qoldirilgan.
“Turkiya va AQSH o‘rtasidagi oliy darajadagi muloqot davom etadi”, deydi Turkiya TIV matbuot kotibi Onju Kejeli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 24 aprel kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashgandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr