Mirziyoyev iyunda Turkiyaga borishi kutilmoqda
Jamiyat
−
02 may 2024
3631O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan joriy yil Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar qildi.
Tashrif joriy yilning iyun oyiga rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kecha, 1 may kuni O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz ham QALAMPIR.UZ bilan suhbatda O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi iyun oyida o‘tkazilishini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor Turkiyaga rasmiy tashrif bilan 2020 yilning fevral oyida borgan edi. Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa O‘zbekistonga rasmiy tashrifni 2022 yilning mart oyida amalga oshirgan. O‘tgan yillarda ikki davlat rahbarlari turli tadbirlar va xalqaro tashkilotlarning sammitlari bahonasida 10 ga yaqin uchrashuvlar o‘tkazgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar