Xorijdagi iş staji Özbekistonda pensiya tayinlaşda hisobga olinişi kerak – Prezident (video)

Jamiyat

−

image

Xorijda qonuniy mehnat qilayotgan fuqarolar soliq bilan birga pensiya badallarini ham tölayapti, ammo ularning iş stajini Özbekistonga qaytgaç hisobga oliş masalasi töliq hal etilmagan. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda söz oçdi.

Qayd etilişiça, bu yil Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan iş staji va pensiya huquqini özaro tan oliş böyiça bitimlar imzolangan. Endi Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya, Boltiqböyi va Bolqon davlatlari bilan ham şunday kelişuvlarga erişiş vazifasi qöyilgan.

“Ularning xorijdagi iş staji vatanga qaytgandan keyin hisobga ötişi, ayniqsa, pensiya tayinlaşda, albatta, inobatga olinişi zarur”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga uşbu davlatlar bilan muzokaralarni jadallaştirib, yil yakuniga qadar aniq natijaga erişiş topşirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing