Pentagon rahbari kutilmaganda Kiyevga bordi (video)

Olam

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan bordi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Ostin Kiyevga “Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qat’iy sodiqlik haqidagi bayonot bilan” kelgan, biroq Ukrainaga hech qanday yangi harbiy yordam yoki Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat olmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ostin tashrif davomida Prezident Vladimir Zelenskiy va Mudofaa vaziri Rustam Umarov bilan uchrashishi mumkin.

SNN nashrida yozilishicha, Ostinning tashrifi Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda AQSH tomonidan Ukraina qo‘llab-quvvatlanishi noaniq bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. Biroq, Pentagon qo‘llab-quvvatlash davom etishini rejalashtirmoqda. Ostinning o‘zi tashrif oldidan AQSH va uning ittifoqchilari kelgusi yilda kim prezident bo‘lishidan qat’i nazar, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarini kuchaytirishda davom etishini aytdi.

Qolaversa, shu hafta AQSH Prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Kiyevga qo‘shimcha havo mudofaa qobiliyatlari, havo-yer o‘q-dorilari, zirhli transport vositalari va muhim o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan 425 million dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi.

Keyin Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar Kiyevga har ikki-uch haftada 500 million dollardan 750 million dollargacha bo‘lgan harbiy yordam paketlarini taqdim etishini aytdi. Uning aytishicha, kelishuv oktyabr-dekabr oylari uchun tuzilgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Lloyd Ostin 2023 yil 20 noyabr kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining Ramshteyn formatidagi navbatdagi yig‘ilishi arafasida Kiyevda bo‘lgan edi. WSJ'ning xabar berishicha, bu galgi tashrif Ostin uchun Pentagon rahbari sifatidagi so‘nggi tashrif bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina va Germaniya Mudofaa vazirlari Rustam Umarov va Boris Pistorius Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagandi. Hujjat “Katta yettilik” mamlakatlari Mudofaa vazirligi rahbarlarining Neapoldagi uchrashuvi chog‘ida imzolangan.

18 oktyabr kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) o‘z byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Ukrainaga 1,1 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordamning bir qismini ajratgan edi. XVJ hisobotida aytilishicha, Ukraina iqtisodiyotini avvalgi ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iyun oyi oxirida belgilangan barcha ishlash mezonlari va indikativ maqsadlarga erishilgan.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pentagon Kiev Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing