Pentagon Markaziy Osiyoda baza ochish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda – OAV
Olam
−
30 Sentabr 2021
7455AQSH afg‘on hududiga terrorizmga qarshi masofadan zarba yo‘llash uchun Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning harbiy ob’ektlaridan, jumladan, Rossiyaning mintaqadagi harbiy bazalaridan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSH Qurolli Kuchlari shtablar rahbarlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli va AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Kennet Makkenzi senatorlarga ma’lum qilgan.
Pentagon vakillariga ko‘ra, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar rasmiylari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ostinga ko‘ra, AQSH Rossiyadan Markaziy Osiyodagi rus harbiy bazalaridan foydalanish ehtimoli to‘g‘risida tushuntirish so‘ragan.
Ta’kidlanishicha, Pentagon vakillari bu imkoniyat jiddiy ko‘rib chiqilayotganini aytgan. Makkenzi qanday havo transportlaridan foydalanish mumkinligi va qanday ob’ektlardan zarba berish mumkinligi haqida aniq ma’lumot bergan.
Avvalroq, AQSH Qurolli Kuchlari shtablar rahbarlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan AQSH harbiylarining Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanish ehtimolini muhokama qilgani haqida xabar bergandik.
Keyinchalik, Rossiya Afg‘onistondagi vaziyat fonida AQSHga Markaziy Osiyodagi rus bazalaridan terrorizmga qarshi kurashda foydalanishni taklif qilgani haqida ma’lumot aytilgandi.
LiveBarchasi