Pensiyaga chiqqan Botir Xo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
13278Botir Xo‘jayev “Rosgeologiya”ning O‘zbekistondagi Rosgeo Uzbekistan shirkati rahbari bo‘ldi. U avval Iqtisodiyot va sanoat vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Bu haqda “Rosgeologiya” xabar berdi.
“Rosgeologiya” hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish va boshqa sohalardagi rivojlanishlarni ta’minlash uchun ROSGEO UZBEKISTAN kompaniyasini tashkil qilgan.
“Rosgeologiya”, “O‘zbekgeofizika” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi Orol dengizi akvatoriyasning uglevodorod salohiyatini baholash uchun kelishuv tuzgan.
Eslatib o‘tamiz, Botir Xo‘jayev joriy yilning 7 aprel kuni pensiyaga chiqishi sababli Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilingandi.
Bu lavozimga u fevral oyida Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etilgach, tayinlangandi.