Botir Xo‘jayev pensiyaga chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Botir Xo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda tegishli qaror ham qabul qilindi.

Botir Xo‘jayevning lavozimdan ozod etilishiga uning pensiyaga chiqishi sabab bo‘lgan. U pensiyaga chiqqanida ham avvalgi lavozimi bo‘yicha belgilangan tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini saqlab qoladi.

Hozircha uning o‘rniga hech kim tayinlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Xo‘jayev joriy yilning fevral oyida Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etilib, Bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Botir Xo‘jayev 2016 yilda Moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan, 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga o‘tkazilgan. Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilganda ham lavozimida qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Botir Xo'jaev

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing