Pensilvaniya sudi saylovda berilgan minglab ovozlarni bekor qildi 

Olam

image

Pensilvaniya shtatida AQSH prezidentlik saylovlarida berilgan bir necha ming ovoz bekor qilindi. 

Ta’kidlanishicha, sud qaroriga binoan, pochta orqali yuborilgan 2 ming 349 ta byulleten bekor qilingan.

Haqiqiy emas deb hisoblangan ovozlar 1,2 milliondan ko‘p aholi istiqomat qiladigan Allegeyni okrugiga tegishli bo‘lgan. 

Sud xulosasida ta’kidlanishicha, byulletenlarda jo‘nash sanasi qayd etilmagan. Shuning uchun ular bekor qilingan. 

Avvalroq, AQSH Sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden va uning jamoasi bilan saylovlarning yakuniy natijalariga qadar ishlashdan bosh tortgani haqida xabar bergandik. 

AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ko‘plab davlat yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklamoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

SAYLOVLAR PENSIL'VANIYa

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing