Otdan tushsa ham egardan tushmas Tramp yana omadini sinashi mumkin

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp 2024 yildagi prezidentlik saylovlarida nomzodini qo‘yishni rejalashtirgan. Tramp o‘sha vaqtda 78 yoshga to‘lgan bo‘ladi. Bu haqda "The New York Times" ma’lum qilgan. 

AQSHning 47 foizga yaqin aholisi esa Trampning bu g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. So‘rovnoma "The Hill" gazetasi va Kamola Xarris (demokratlardan vitse-prezidentlikka nomzod) tadqiqot xizmati o‘rtasida o‘tkazilgan.

Respondentlarning 75 foizi respublikachilar, 24 foizi demokratlar tarafdori bo‘lgan. 

So‘rovnoma 17-19 noyabr kunlari o‘tkazilgan. Unda 1 ming 873 nafar amerikalik ishtirok etgan.

Avvalroq, Donald Tramp hokimiyatni topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma bergani haqida xabar bergandik. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Demokratik partiyadan nomzod Bayden g‘alaba qozonish uchun yetarlicha elektorat to‘plagan.

Tramp ham o‘z o‘rnida g‘alaba qozonganiga shubha qilmayapti. U o‘zining haqligini sud orqali isbotlamoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

TRAMP SAYLOVLAR

Baholaganlar

338

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing