2020 yilgi saylovlar tarixdagi eng korrupsion saylovlar bo‘ldi – Tramp

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning hokimiyatni saylangan Prezident Jo Baydenga o‘tkazish jarayonini boshlashi uning saylov natijalaridan rozi ekanini anglatmaydi. Bu haqda Tramp Twitter'dagi sahifasida yozgan

Davlat rahbari uning jamoasi ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqishni davom ettirishini ta’kidlagan. 

Shuningdek, Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlari "Amerika siyosiy tarixidagi eng korrupsion saylov" ekanligini aytgan.

Avvalroq, Donald Tramp hokimiyatni topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma bergani haqida xabar bergandik. 

Keyin esa Tramp 2024 yildagi prezidentlik saylovlarida nomzodini qo‘yishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Demokratik partiyadan nomzod Bayden g‘alaba qozonish uchun yetarlicha elektorat to‘plagan.

Tramp ham o‘z o‘rnida g‘alaba qozonganiga shubha qilmayapti. U o‘zining haqligini sud orqali isbotlamoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

TRAMP SAYLOVLAR

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing