Bayden o‘zining ma’muriyati butunlay boshqacha bo‘lishini aytdi

Olam

image

AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan Jo Bayden uning hukmronligi mamlakatning sobiq Prezidenti Barak Obamaning “uchinchi davri” bo‘lmasligiga ishontirdi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

“Bu Obamaning uchinchi davri bo‘lmaydi. Biz Obama-Bayden ma’muriyatiga emas, butunlay boshqa dunyoga duch kelmoqdamiz”, degan siyosatchi. 

Bayden, shuningdek, amaldagi Prezident Donald Tramp “manzarani o‘zgartirdi”, deb hisoblaydi. 

Unga ko‘ra, Trampning “Amerika birinchi”, degan shiori mamlakatni “yolg‘izlanib” qolishiga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp o‘z ma’muriyati va shtabiga hokimiyatni saylangan Prezident Jo Baydenga topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma bergan

Ma’lumot o‘rnida, Bayden Amerikaning 44-Prezidenti Barak Obama ma’muriyatida vitse-prezident bo‘lgan


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN SAYLOVLAR

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing