Tramp qanday sharoitda iste’foga chiqishini aytdi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp agar Saylovchilar kollegiyasi demokratlardan nomzod Jo Baydenga ovoz bersa, iste’foga chiqishga va’da berdi. Bu haqda "Reuters" xabar bergan.

"Albatta, siz buni allaqachon bilasiz", degan Tramp shu bilan bog‘liq savolga javoban. 

Biroq, uning ta’kidlashicha, saylovchilar Baydenga ovoz berishsa, "xato qilishadi". 

Bundan tashqari, Tramp o‘zi uchun mag‘lubiyatni tan olish qiyin bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, Baydenni yana ikkita shtat g‘olib sifatida tan olgan, ya’ni Nevada shtatida saylov natijalari Oliy sud tomonidan tasdiqlangan, Pensilvaniya shtati rahbari Tom Vulfning shaxsan o‘zi esa Bayden shtatdagi saylovlarda g‘olib bo‘lganini aytgan. 

Arizona, Viskonsin va Jorjiya shtatlarida esa hali natijalar e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. AQSH Prezidenti nomini e’lon qiladigan Saylovchilar kollegiyasi yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN TRAMP SAYLOVLAR

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing