Pekinda SHHT mudofaa forumi o‘tkaziladi

Olam

image

Joriy yilning 20-29 noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha V forumiga Xitoy mezbonlik qiladi. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“2023 yilning 20-29 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligida SHHTning mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha V forumi bo‘lib o‘tadi. Unda SHHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar mudofaa vazirliklari vakillari, ekspert va tadqiqotchilar ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, forum doirasida SHHTga a’zo davlatlar qurolli kuchlari o‘rtasida o‘zaro tushunishni yaxshilash va ishonchni chuqurlashtirishga qaratilgan ekspert ma’ruzalari, seminarlar va fikr almashuvlari bo‘ladi. Tadbir ishtirokchilari asosiy e’tiborni xavfsizlik sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni muhokama qilishga qaratadi.

Ma’lumot uchun, SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka. Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti 2024 yil iyul oyida Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Pekin mudofaa forumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing