Pekinda koronavirus tarqalishining o‘ta yuqori xavfi e’lon qilindi

Olam

image

Xitoy poytaxti Pekin shahrida COVID-19 kasalligining tarqalishi xavfi ortib boryapti. Bunga shahardagi katta “Sinfadi” bozorida koronavirus tarqalishi sabab bo‘ldi. Bu haqda poytaxt hokimiyati vakili Syuy Xetszyan ma’lum qildi.

“Sinfadi” bozorining import qilingan losos tarqatiladigan nuqtada koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Shundan so‘ng savdo majmuasi vaqtincha yopilgan.

Syuy Xetszyanning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qat’iy choralar ko‘radi va bozor hamda unga yondosh hududlarda epidemiologik surishtiruv ishlari olib boradi. Kasallik o‘chog‘ida bo‘lganlarning bari koronavirusga test topshiradi.

Xitoy ma’muriyatining bildirishicha, 14 iyun kuni 76,5 ming kishi koronavirusga test topshirgan. Ularning 59 nafarida natija musbat bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni pekinda 56 kundan so‘ng ilk bor aholi orasida koronavirus aniqlangandi.

“Sinfadi” bozorida virus Go‘sht mahsulotlarini tadqiq qilish markazining ikki xodimida COVID-19 aniqlangach, tarqala boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Xitoyda

Baholaganlar

417

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing