Pekinda aniqlangan yangi koronavirusning genomi e’lon qilindi
Olam
−
19 iyun 2020
19153Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika qilish bo‘yicha Xitoy markazi o‘tgan haftada Pekin ulgurji bozorida topilgan COVID-19 virusining genom ma’lumotlarini e’lon qildi va JSSTga yubordi.
"18 iyun kuni kechqurun, XXR Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika qilish markazi “Koronavirusning yangi turiga oid ilmiy-texnik resurslarning davlat tizimi” orqali "Sinfadi" bozoridagi epidemiologik holat va virus genomining ma’lumotlarini rasmiy ravishda e’lon qildi", deyiladi markazning veb-saytida.
Xususan, markaz Pekindagi bemorlarda topilgan virusning genomini (NMDC60013902-01,NMDC60013903-02) va atrof-muhit namunalarida topilgan virusning genomini (NMDC60013903-03) e’lon qilgan.
"Shu bilan birga, Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika qilish markazi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Global gripp ma’lumotlari almashinuvi tashabbusiga (GISAID) epidemiologik vaziyat va virus genomini xalqaro hamjamiyat tomonidan keng foydalanilishi uchun ma’lumotlar yubordi", deyiladi bayonotda.
Ma’lumot o‘rnida, genom - organizm hujayrasida mavjud bo‘lgan irsiy materiallarning umumiyligiga aytiladi. Genom tanani tiklash va saqlash uchun zarur bo‘lgan biologik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Pekinning Fentay tumanidagi ulgurji bozorda COVID-19 aniqlanganidan so‘ng, u yerda harbiy holat rejimi joriy etildi. Fentay hududidagi "Sinfadi" bozori 13 iyun kuni epidemiologik tekshiruv paytida koronavirus topilganidan keyin vaqtincha yopildi. Barcha bozor ishchilari - 10 mingdan ortiq odamda COVID-19 testini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
LiveBarchasi