Xitoydagi yana bir shaharda koronavirus sabab harbiy holat joriy etildi
Jamiyat
−
16 iyun 2020
7691Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Pekin bilan qo‘shni bo‘lgan Baodin shahrida harbiy holat joriy qilindi. Bu haqda shahar ma’muriyati xabar berdi.
“Epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab tezroq harbiy holat joriy qilish va epidemiyaning shaharda tarqalmasligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harbiy davr mexanizmlarini ishga solish kerakligini aytdi”, deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Baodin Pekin bilan qo‘shni. Ikki shahar orasida o‘ta yaqin harakatlanish mavjud.
Baodinning aholisi 11 mln kishi. Shahar Pekindan 147 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni pekinda 56 kundan so‘ng ilk bor aholi orasida koronavirus aniqlangandi.
13 iyun kuni esa pekinning Fentay tumanidagi "Sinfadi" bozorida koronavirus aniqlangach, savdo majmuasi karantinga yopildi. Hozirda Xitoyda umumiy hisobda 79 kishi koronavirus kasalligi bilan shifoxonada davolanyapti.
LiveBarchasi