Nega Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yo‘q?

Olam

image

Yangi koronavirus infeksiyasi ilk bor aniqlangan Xitoyda kunlik o‘sish atigi bir necha o‘n kishini tashkil qilyapti. Umumiy kasallanish ham endigina 85 mingdan oshdi. Qachonki boshqa davlatlarda kunlik o‘sish o‘ng mingdan oshyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 85 521 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 4 632 nafari vafot etgan. So‘nggi sutkada 21 ta kasal qayd etilgan.

Gamaley nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi virusologi Anatoliy Altshteynning fikricha, bu statistikani o‘zgartirish bilan bog‘liq emas.

“Agar mingalb bo‘lganda, biz buni bilardik”, degan virusolog RBK bilan suhbatda.

Mutaxassis Xitoydagi yaxshi vaziyatni yuqori tartib va samarali karantinning “meva”si deb hisoblayapti. 

“Ular karantin bilan epidemiya kurtakligida yo‘q qilishdi. Bizda allaqachon kurtaklikdan o‘tib ketdi va biz karatni bilan uni bo‘g‘olmaymiz”, degan Altshteyn.

Ta’kidlash kerakki, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni ortib boryapti. Kecha dunyoda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik o‘sish qayd etildi.

COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sabab Yevropaning bir qator davlatlari karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda. Jumladan, Chexiyada barcha sport va madaniy inshootlarni kelasi haftadan boshlab ikki hafta muddatga yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mamlakatdagi restoranlar faqat soat 20:00 gacha ishlaydi va maktablar odatiy ta’lim bilan birgalikda masofaviy ta’lim shakli bilan aralash bo‘lgan o‘qitish tizimiga o‘tadi.

Belgiya poytaxtida ham yangi choralar ko‘rilmoqda: barcha bar va pablar bir oy muddatga yopildi. Poytaxt bo‘ylab barcha oshxona, kafe, sport klublari va ziyofat zallariga cheklovlar qo‘yildi. Ammo restoranlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Shvetsiya sport tadbirlari va konsertlarga tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish rejalaridan voz kechishga qaror qildi. Hukumat cheklovlarni 50 dan 500 gacha oshirishni rejalashtirilayotgan edi.

Ushbu haftada Italiyada butun mamlakat bo‘ylab niqoblar taqish majburiy qilib qo‘yildi. Xuddi shunday chora shanba kuni Polshada ham kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Xitoyda

Baholaganlar

533

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing