Pekinda koronavirus bemorlari qolmadi

Olam

image

Xitoy poytaxti Pekinda pandemiya boshlangandan beri ilk bor koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi. So‘nggi ikki bemor ham sog‘ayib, chiqdi. Bu haqda gigiyena va sog‘liqni saqlash bo‘yicha Pekin qo‘mitasi ma’lum qildi.

Pekinda jami 935 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 335 nafari iyun oyida “Sinfadi” ulgurji bozorida virus tarqalganda yuqtirib olgan. Shaharda kuchsiz epidemiologik nazorat o‘rnatilgan. Ko‘chalarda niqob taqish majburiy emas, ammo jamoat transporti, do‘kon, kinoteatr, davlat muassasasi va boshqa odam ko‘p joylarda niqob taqish majburiy.

Statistikaga ko‘ra, Xitoyning materik qismida 94,13 kasallanganlar sog‘aygan. Koronavirus tarqalishi boshlangandan beri 85 mingga yaqin odam koronavirusga chalingan. Mamlakatda 15 apreldan beri hech kim koronavirusdan o‘lmagan. O‘lim ko‘rsatkichi 5,45 foiz bo‘lib turibdi. 4,6 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Hududiy tibbiyot muassasalarida 347 kishi koronavirusdan davolanyapti. Yetti nafar bemorda kasallik og‘ir kechyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing